Qamchiq dovonida harakatlanayotgan yuk avtomobili boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi. Hodisa sodir bo'lgan joyga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yetib borgan. Ular maxsus texnika yordamida transport vositasini xavfsiz hududga olib chiqishga muvaffaq bo'lishdi. Qutqaruvchilarining bu harakati xavfsizlikni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi. Hodisaning sabablari va boshqa tafsilotlari o'rganilmoqda.
ManbaKun.uz