Dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5,2 trillion dollarga yetdi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaq yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlamoqda. Shu bilan birga, Xitoy dunyoda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uchdan bir qismidan ortig‘ini ta’minlaydi. Ushbu statistikalar global qishloq xo‘jaligi bozorining rivojlanishini ko‘rsatadi va Xitoyning global iqtisodiy raqobatdagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
ManbaKun.uz