Xitoyning Tsinxay viloyatida joylashgan Talatan platosi bir paytlar shamol eroziyasi tufayli deyarli hosilsiz hudud hisoblangan edi. Bugun esa bu yerda dunyodagi eng yirik quyosh elektr parklaridan biri faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu elektr park nafaqat “yashil“ energiya ishlab chiqarmoqda, balki degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklashga ham xizmat qilmoqda. Talatan platosidagi energiya olishning innovatsion usullari atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu loyiha Xitoyning ekologik barqarorligiga ta'sir ko‘rsatishi bilan birga, boshqa davlatlarga ham namuna bo‘lishi mumkin.
ManbaKun.uz