Rossiya hukumati Davlat dumasiga harbiy xizmat to‘g‘risida shartnoma tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Ushbu qonun loyihasi jinoyat ishlari bo‘yicha ayblanayotgan va mahkum etilgan bir qator shaxslarni qamrab oladi. Taklif safarbarlik, harbiy holat va urush davrida amal qilishi ko‘zda tutilgan. Mudofaa vazirligi bilan bunday shartnoma tuzish imkoniyati berish, Rossiyada harbiy kuchlarni kengaytirishga qaratilgan bir qadam sifatida baholanmoqda.
ManbaKun.uz