O‘zbekiston Respublikasida semizlik va 2-tur qandli diabetni davolash uchun yangi Sejaro preparati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu dori vositasi tarkibida tirzepatid moddasi mavjud bo‘lib, bu modda organizmdagi ikkita inkretin gormoni retseptorlarini faollashtiradi. Natijada ochlik hissi kamayadi va yuqori kaloriyali oziq-ovqatga bo‘lgan ishtiyoq yengillashadi. Ushbu jarayon esa tana vaznining oshishini oldini olishga yordam beradi, shuningdek, visseral yog‘ to‘qimasi hajmi va bel aylanasi qisqarishini ta'minlaydi. Bu innovatsion dori vositasining ahamiyati mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida yangi imkoniyatlarni ochishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz