O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel-iyun oylarida go‘sht narxi 6-8 foizga oshganini ma’lum qildi. import go‘shtni samolyotda olib kelish xarajatlari qoplab berilayotganiga qaramay, ko‘plab hududlarda go‘sht importi masalasida tashabbus ko‘rsatilmadi. Prezident bu imtiyozni 31 dekabrgacha uzaytirishni taklif etdi va yil yakunigacha chetdan 250 ming bosh chorva olib kelish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, go‘sht yetishtirishni ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 50 million dollar ajratilishi belgilandi.
ManbaKun.uz