O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida Cho‘lponota shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bu yerda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tashrifning maqsadi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashishdan iborat.
ManbaKun.uz