O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan o‘zini tabriklagan barcha kishilarga minnatdorlik bildirdi. U ushbu tabrik va tilaklarni O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi deb atadi. Shuningdek, Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining e’tirofi sifatida qabul qilishni ta’kidladi.
ManbaKun.uz