O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi va zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri Sharifa Salimova 5-avgust kuni 75 yoshida vafot etdi. Uning qariyb yarim asrlik ijodiy va ijtimoiy faoliyati o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Sharifa Salimova o‘z asarlarida xalqimizning an’analarini va umummilliy qadriyatlarini aks ettirgan, ko‘plab yigit-qizlarning ijodiga ilhom berib kelgan. Uning vafoti o‘zbek adabiyoti uchun katta yo‘qotishdir.
ManbaKun.uz