Sietl shahri markazida oziq-ovqat festivalida sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lgan yoki zarar ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi. Vashingtondagi bosh konsul Ahror Burhonovning bildirishicha, Sietl hokimligi va politsiyasi diplomatik idoraga bu ma’lumotni tasdiqlagan. Otishma sodir etganlardan biri 15 yoshda bo‘lganligi qayd etildi. Hozirda voqeaga aloqador tafsilotlar o‘rganilmoqda va qonuniy tartibda tadbirlar ko‘rilmoqda. Bosh konsul vaziyat nazorat ostida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
ManbaKun.uz