O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi issiq kunlarda inson organizmidagi muammolar, jumladan, qizish, suvsizlanish va qon bosimi o‘zgarishlari bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Vazirlik, ayniqsa, xavf guruhi hisoblangan fuqarolarni ushbu muammolardan saqlanish uchun ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirdi. Kutilayotgan jaziramalarda salomatlikni saqlash uchun ko‘proq suyuqlik ichish, soya joylarda bo‘lish va og‘ir jismoniy faoliyatdan saqlanish tavsiya etilmoqda.
ManbaKun.uz