Jahon banki ma’lumotlariga tayangan holda tayyorlangan yangi infografikada so‘nggi 30 yil ichida dunyo mamlakatlarining iqtisodiy holati ko‘rsatilgan. Infografikaga ko‘ra, Osiyo va Sharqiy Yevropada bir necha davlatlar yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirdi. Ayniqsa, Janubiy Amerikadagi Gayana iqtisodiy jihatdan eng katta o‘sishni ko‘rsatgan mamlakatlardan biri bo‘lib, bu davr ichida uning daromadlari sezilarli darajada oshgan. Infografikada keltirilgan ma’lumotlar, global iqtisodiy o‘zgarishlar va davlatlarning taraqqiyotiga bo‘lgan ta'sirini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
ManbaKun.uz