Surxondaryo viloyatining Angor tumanida haydovchi va YPX xodimlari o‘rtasida janjal yuz berdi. Damas haydovchisi spirtli ichimlik hidi bilan YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tibbiy ko‘rikka olib borilishi rejalashtirilgandi. Ushbu vaziyatda haydovchining qarindoshlari va qo‘shnisi voqea joyiga yetib kelishdi. Ular YPX xodimlariga hujum qilib, ikki xodimga tan jarohati yetkazdi. Ushbu hodisa viloyat ichki ishlar idoralari tomonidan tekshirilmoqda.
ManbaKun.uz