TBC Uzbekistan, TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi raqamli moliyaviy ekotizim, CNBC va Statista tomonidan neobanking yo‘nalishida dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalaridan biri deb e’tirof etildi. Bu yilgi natijalar London fond birjasida ro‘yhatga olingan TBC Bank Group uchun yanada muhim o‘rin tutadi. TBC Uzbekistan o‘z xizmatlari va innovatsion yechimlari bilan moliyaviy sektorni rivojlantirishda davom etmoqda. Bu e’tirof, kompaniyaning global moliyaviy xizmatlar bozoridagi yuqori o‘rni va mijozlarga taqdim etayotgan sifatli xizmatlarini aks ettiradi.
ManbaKun.uz