Toshkent chekkasidagi zapravkada yuz bergan portlash natijasida 3 kishi jarohatlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, portlash "propan saqlash sig‘imi hamda gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash ro‘y bergan". Hodisa joyiga tezkor xizmatlar yuborilgan va jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda hodisaning sabablari o'rganilmoqda. Bu voqea atrofidagi xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
ManbaKun.uz