Times Higher Education (THE) agentligi e’lon qilgan Sustainability Impact Ratings 2026 natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilk bor dunyoning top-1000 universiteti qatoridan joy oldi. Universitet «Sog‘liq va farovonlik» (SDG 3) yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda TOP-100 oligohlari orasida 81-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida esa birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija universitetning global ta’limdagi ahamiyatini yanada oshiradi va O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu muvaffaqiyat talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz