Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda sodir bo‘lgan ommaviy zaharlanish hodisasi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi. 'Shark Milk Product' kompaniyasining ikki ta’sischisi, direktori va to‘rt nafar xodimi, shuningdek, boshqa to‘rtta kompaniya direktorlari 1922 nafar bolaning zaharlanishida aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, uch kishi 3,5 yilga, yana uch kishi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi, besh kishiga esa 3 yil ozodlikni cheklash jazosi berildi.
ManbaKun.uz