Toshkentda, ayniqsa, Shota Rustaveli va Amir Temur ko‘chalarida yashovchi yuz minglab odamlar tunda uyqudan mahrum bo‘layotgani haqida xabar berilmoqda. Soat tungi o‘n ikkilarda ko‘chadan guvullab o‘tayotgan mototsikllar ovozi odamlarga tinchlik bermayapti. Bu muammo faqat bir kunlik emas, balki yillardan beri davom etmoqda. So‘nggi yillarda elektromototsikl va skuterlar sonining keskin oshishi bu muammoni yanada dolzarblashtirib yubordi. Tobora ko‘payayotgan mototsikllarning shovqini, odamlarda uyqu muammolariga olib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda, aholining bu masala bo‘yicha fikrlari va takliflari aytilmoqda.
ManbaKun.uz