Toshkent shahar hokimligi dizayn kod talablariga asosan ko‘p qavatli uylar tomida reklama konstruksiyalarini taqiqlash bilan bog‘liq qaror qabul qildi. Shuning uchun, ushbu konstruktsiyalarni demontaj qilish talab qilinmoqda. Biroq, tadbirkorlar bu qarorni qonunchilik va shartnomaviy munosabatlarga zid deb hisoblamoqda. Kun.uz nashri bu masala bo‘yicha tadbirkorlar va biznes ombudsman rasmiysi bilan suhbatlashdi, poytaxt hokimligi vakillari esa ko‘rsatuvda ishtirok etishni rad etishdi. Ushbu mojaro beqarorlik biznes muhitini yomonlashtirishidan xavotirlar bildirilmoqda.
ManbaKun.uz