Toshkent yaqinida samolyot qulashi bo‘yicha simulyatsion mashg‘ulotlar o'tkazildi. Mashg‘ulot rejasiga ko‘ra, Istanbuldan kelayotgan samolyot Toshkentga qo‘nishga yaqin kelganda dispetcherlar bilan aloqani yo‘qotgan. Natijada, havo kemasi aviafalokatga uchragan hisoblanadi. Ushbu simulyatsion mashg‘ulotda qidiruv va qutqaruv ishlarini olib borish uchun oltita tuzilmaning 250 ga yaqin xodimi ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar xavfsizlik chora-tadbirlarini takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi.
ManbaKun.uz