Toshkent shahrining ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida ma'lum qilindi. Bu uzilish 22 ta mahallani, 884 ta ko‘p xonadonli uy, 7 006 ta yakka tartibdagi xonadon va 242 ta davlat va ijtimoiy soha muassasasiga ta’sir qiladi. Shuningdek, bu holat 33 017 nafar aholi uchun ham noqulayliklar keltirib chiqaradi. Markazlashgan suv taqdimotidan vaqtincha uzilgan barcha mahallalarga ichimlik suvi maxsus transportda yetkazib beriladi. Boshqa ma'lumotlar haqida ma'lum qilinmagan.
ManbaKun.uz