AQSh prezidenti Donald Tramp 16 iyul oqshomida Oq uyda Amerika xalqiga murojaat qildi. U nutqida mamlakat iqtisodiy holatidan tortib, Xitoyning saylovlarga ehtimoliy aralashuvi bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Amerika saylovlariga doimiy ravishda aralashib kelmoqda. Murojaat qariyb 30 daqiqa davom etdi va unda prezident razvedka idoralari faoliyati hamda saylov tizimidagi muammolarni ham muhokama qildi.
ManbaKun.uz