Ukraina Rossiyaning Belgorod va Rostov-Dong shaharlariga dronlar bilan hujum qilgani haqida xabarlar kelmoqda. Hujumlar natijasida Rossiyaning kamida ikki shahrida tungi yong'inlar yuzaga kelgan. Shuningdek, Saratov viloyatining Engels shahridagi harbiy aerodrom yaqinida ham yirik yong'in kelib chiqqani ma'lum bo'ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yong‘inning dron hujumi bilan bog‘liqligi tasdiqlanmagan. Hujumlar haqidagi batafsil ma'lumot hozircha keltirilmagan.
ManbaKun.uz