Rossiya armiyasi Ukrainada logistika markazlari, omborlar va savdo tarmoqlariga hujumlarni kuchaytirmoqda. 5-avgustga o‘tar kechasi kamida 14 ta yirik ukrain va xalqaro kompaniyaning omborlari va logistika markazlari zarar ko‘rdi. Mutaxassislar bu holat tovarlar tanqisligi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Shuningdek, biznesning logistika zanjirlarini qayta qurishi zarurati yuzaga kelishi kutilmoqda. Ushbu vaziyat Ukrainaning iqtisodiy turg‘unligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
ManbaKun.uz