Samarqand viloyatining Urgut tumanida prokuror o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u davlatga yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirish va sudda engil jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga katta miqdorda pul olgan. Hozirda ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
ManbaKun.uz