Xitoyning Sealegend Shipping kompaniyasi joriy yozda tarixda ilk bor Xitoy va Yevropa o‘rtasida Shimoliy dengiz yo‘li orqali muntazam haftalik konteyner qatnovini yo‘lga qo‘yishini e'lon qildi. Ushbu yangi yo‘nalish Suvaysh kanali orqali amalga oshiriladigan an’anaviy tashuvlarga nisbatan tezkor va ekologik jihatdan samarali muqobil sifatida baholangan. Bu qatnovlar Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi savdoni sezilarli darajada tezlashtirishga yordam beradi.
ManbaKun.uz