Xitoyning UBTech Robotics kompaniyasi dunyodagi ilk to‘liq o‘lchamli ultrabionik odamsimon robotlar seriyasi - UWORLD U1’ni taqdim etdi. Ushbu robotlar kundalik hayot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hissiy muloqot qilish, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va insonning doimiy raqamli hamrohiga aylanishi ko‘zda tutilgan. UWORLD U1 robotlari odamlar bilan yanada samarali va intuitiv aloqani ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Bu innovatsion mahsulot texnologiya sohasida yangi yutuq sifatida e’tirof etilmoqda.
ManbaKun.uz