Iyun oyining oxirida Yevropani qamrab olgan kuchli issiqlik to‘lqini qit'ada 10 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘lim holatlariga sabab bo‘ldi. Yevropa kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (ECDC) hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘magida faoliyat yurituvchi EuroMOMO dasturi bunday qo‘shimcha o‘limlar haqida ma’lumot berib, iqlim o‘zgarishlari inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini ta’kidladi.
ManbaKun.uz