Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, urushda Rossiya katta yo‘qotishlarga qaramay faoliyatini davom ettirishda ekanligini ta'kidlagan. Ammo jang maydonida tashabbus endi Moskva qo‘lida emas. Bu haqda Zelenskiy, AQShga tashrifi chog‘ida Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. U mamlakatining urushdagi holatini muhokama qilib, xalqining qanchalik sabrli ekanligini ham ta'kidladi. Ukrainaning harbiy strategiyasi va xalqining jasurligi to‘g‘risida ham ma'lumotlar berdi.
ManbaKun.uz