Samarqand viloyatining Urgut tumanida Isroilga ishga jo‘natish va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Ushbu shaxs buning evaziga 16 ming AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u kelishilgan pulning bir qismini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda va jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda ushbu jinoyatchi 16 ming dollarni qanday yo‘l bilan to‘plagani aniqlanmoqda.
ManbaKun.uz