G‘ijduvon va Nukus tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yashirin dori sexi va noqonuniy omborxona fosh etildi. Tadbirlar natijasida o‘n minglab qalbaki, sertifikatsiz hamda davlat reyestrida qayd etilmagan dori vositalari musodara qilindi. Shuningdek, ularni qadoqlash uchun mo‘ljallangan yorliq va boshqa vositalar ham topildi. Qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish jarayoni boshlandi. Ushbu tadbirlar bilan sog‘liqni saqlash sohasida qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan harakatlar davom etmoqda.
ManbaKun.uz