Omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ular uchun ham 5 foizlik soliq stavkasini belgilash g‘oyasi ilgari surilyapti. Ushbu tashabbus Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar institutidan kelib chiqmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 5 foizlik soliqning joriy etilishi davlat byudjyetiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda. Bu o'zgarishlar afzalliklari va ehtimoliy natijalari jamoatchilik o'rtasida muhokama qilinmoqda.
ManbaKun.uz