O‘zbekistonning Qonunchilik palatasi kiberxavfsizlikni ta’minlash va raqamli muhitda sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun loyihasini qabul qildi. Ushbu hujjatga ko‘ra, agar kiberxavfsizlik talablariga rioya etilmasa va bu natijada fuqarolarga moddiy zarar yetkazilsa, zarar banklar va to‘lov tizimi ishtirokchilari tomonidan qoplanishi mumkin. Yangilik mamlakatda kiberhujumlarning oldini olish va fuqaralarni himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
ManbaKun.uz