Markaziy Osiyo Universiteti (CAU) AKFA Medline Universiteti Shifoxonasi va Social by AKFA bilan hamkorlikda oilaviy shifokorlik bo‘yicha ikki yillik rezidentura dasturini taqdim etdi. Ushbu dastur tibbiyot oliygohi bitiruvchilarini ikki yil ichida amaliyotchi oilaviy shifokor darajasiga olib chiqadi. Dastur orqali shifokorlar bemorlar panelini shakllantirishni va oilaviy tibbiyotga oid bilimlarini oshirishni maqsad qilmoqda. CAU, birlamchi bo'g'in shifokorlarini tayyorlashga qaratilgan ushbu tashabbus bilan bevosita aholining sog'lig'ini yaxshilashga hissa qo'shadi.
ManbaKun.uz