O‘zbekistonda qo‘pol qoidabuzarliklarni takroran sodir etgan haydovchilar uchun yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, haydovchilar jarimani chegirma bilan to‘lash huquqini muayyan muddatga yo‘qotadilar. Yo‘l bezoriligi, noqonuniy poyga uyushtirish va mast holatda mashina boshqarish kabi qilmishlar natijasida haydovchilarning avtomobillari 6 oydan 1 yilgacha muddatga olib qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, og‘ir oqibatlar bilan tugagan YTHlarda avtomobilni voyaga yetmagan bolaga topshirgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston parlamentida birinchi o‘qishda qabul qilindi.
ManbaKun.uz