14:30 holatiga ko‘ra, Chilonzor, Olmazor, Yakkasaroy, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi 8250 ta iste’molchi avariyalar sababli elektr tarmog‘idan uzilgan. Ayniqsa, Chilonzor tumani ko‘plab mahallalari jazirama issiq sharoitida bir necha soat davomida elektrsiz qolgan. Shuningdek, respublika bo‘ylab joylarda 2 soatlik majburiy profilaktik cheklovlar kiritilgan. Ushbu vaziyat halqning hayot sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Elektr ta'minoti xizmatlari muammolarni bartaraf etish uchun ish olib bormoqda.
ManbaKun.uz