«Chinor» bekati 29 iyulda qayta ochilishi rejalashtirilmoqda. Rekonstruksiya jarayonida bekatning kirish va chiqish qismlari sezilarli darajada kengaytirilgan. Turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazilgan. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirib kelgan o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirilgan. Bekatdan bekatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashish imkoniyati yaratilgan. Bu o‘zgarishlar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
ManbaKun.uz