O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Oqqulov va Eronning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Eron tomoni o‘z fuqarolariga O‘zbekistonga sayohat qilishda viza tartibini soddalashtirish taklifini ilgari surdi. Bu taklif turizm sohasida aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.
ManbaKun.uz