Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Xorazm va Namangan viloyatlarida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Tadbir natijasida qariyb bir kilogramm «gashish» va 423 tup kannabis o‘simligi aniqlanib, musodara qilindi. Bu jarayonlar mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilmoqda.
ManbaKun.uz