5-avgust oqshomida Gurjistonda elektr ta’minotida keng ko‘lamli uzilish sodir bo‘ldi. Blekaut oqibatida poytaxt Tbilisi va mamlakatning aksariyat hududlari elektr energiyasiz qoldi. Shuningdek, temir yo‘l qatnovi to‘xtatildi. Energetiklar hodisaning sabablarini o‘rganishga kirishdi. Mamlakat aholisining bu vaziyatdan ta’siri to‘g‘risida hozircha qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan.
ManbaKun.uz