O'zbekiston energetika vaziri ma’lum qildiki, har bir mahallaning energetik pasporti shakllantiriladi. Ushbu pasportda mahalladagi iste’molchilar soni va ularning toifalari, elektr energiyasi va tabiiy gaz infratuzilmasining mavjud holati haqida ma’lumotlar mavjud bo'ladi. Shuningdek, ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun qancha mablag‘ va vaqt talab etilishi ham ko'rsatiladi. Yangi iste’molchilarni tarmoqqa ulash imkoniyatlari ham ushbu energetik pasportda aks etadi. Bu tashabbus, iste’molchilar bilan muloqotni yaxshilash va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
ManbaKun.uz