Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi maktablardan birida yong‘in chiqqaniga oid video tarqaldi. Videoda muassasa binosining tom qismi alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin. Yong‘in yuzasidan to‘liq ma'lumotlar hali berilmagan. Fojia oqibatida zarar ko‘rgan yoki jarohat olganlarning borligi haqida xabarlar mavjud emas. Hozirda yong‘in sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
ManbaKun.uz