2026 yil 1 noyabrdan boshlab shaxsning yozma yoki elektron ruxsatini olmay turib, uning telefon raqamiga SMS shaklida tovar va xizmatlar taklifini yuborish taqiqlanadi. Shuningdek, reklama qo‘ng‘iroqlari va SMSlarini soat 18:00 dan 9:00 gacha tarqatish ham man etiladi. Mobil aloqa operatorlariga o‘zlari tarqatadigan reklama SMSlarini abonentning so‘roviga ko‘ra bloklash majburiyati yuklatiladi. Ushbu o‘zgarishlar iste'molchilarni himoya qilish va raklamalarning sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Yangi qoidalar, shuningdek, mijozlarning rozi bo'lmagan holda ularga reklamalar yuborilishining oldini oladi. Bu tadbirlar haqida batafsil ma'lumotlar kelgusida e'lon qilinadi.
ManbaKun.uz