Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga AQShdan John Deere CP570 rusumli rulonli turdagi paxta terish kombaynlarining ilk turkumi olib kelinadi. Bu texnika O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ekspertlar bashorat qilishicha, kelajakda yaqin besh yil ichida respublika qishloq xo‘jaligida rulonli texnikaga keng miqyosda o‘tish kutilmoqda. Bu jarayon, o‘z navbatida, savatli texnika o‘rnini bosadi. Ushbu texnika AQSh, Turkiya va Xitoyda allaqachon keng tarqalgan.
ManbaKun.uz