O‘zbekiston Kadastr xizmatlari bo‘yicha yuritilayotgan arizalar haqida ma'lumotlar olingan. Ma'lum bo‘lishicha, har uchta arizadan bittasi qanoatlantirilmaydi. Bunday holatlar fuqarolarga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashga sabab bo‘lib, masalani hal qilish uchun yana boshqa idora yoki shaxslarga murojaat etishi kerak bo‘lmoqda. Bu esa korrupsiyaviy xavflarni kuchaytirishi mumkin. Shu bois, ushbu tizimni yaxshilash va fuqarolar uchun qulay qilish zarurligi ta'kidlanmoqda.
ManbaKun.uz