So‘nggi yillarda kruiz turizmi jadal rivojlanmoqda. Bu turizm yo‘nalishi sayyohlar uchun bir kema bortida bir nechta mamlakat va shaharlarni ko‘rish imkoniyatini taklif etadi. Besh yulduzli mehmonxona darajasidagi xizmatlar, xilma-xil ovqatlanish, shou-dasturlar, spa-markazlar va oilaviy dam olish imkoniyatlari barchasi bir paketda taqdim etiladi. Shuning uchun, kruiz sayohatlari jahon bo‘ylab millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Malayziya ham bu yangi turizm yo‘nalishidan foydalanishga tayyorlanmoqda.
ManbaKun.uz