Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchisi oltin bo‘lgan bo‘tanani gilam bo‘laklariga joylashtirib, zavod hududidan olib chiqishga harakat qilgan. U 19 gramm oltin saqlovchi ma’danni yashirishda mashaqqat chekkan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ishchi 35 million so‘mlik oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani aniqlandi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
ManbaKun.uz