Nukus shahrida markaziy qozonxonani modernizatsiya qilish ishlari boshlanmoqda. Birinchi bosqichda 136 ta ko‘p qavatli uydagi qariyb 6 ming xonadon va 40 ta ijtimoiy soha ob’yekti markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olinadi. Keyingi bosqichlarda esa, Nukus shahridagi barcha ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’yektlarini markazlashgan issiqlik tizimiga ulash rejalashtirilmoqda. Bu loyiha shahar aholisining issiqlik ta’minotini yaxshilashga qaratilgan. Ishlar tez orada amalga oshirilishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz