Anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida Davlat mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga maxsus ko‘rsatma yubordi. Hujjatga muvofiq, kunning eng issiq qismi - soat 10:00 dan 17:00 gacha xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlar vaqtincha to‘xtatiladi. Bu choralar, xodimlarning salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Maxsus ko‘rsatmalar to‘g‘risida barcha hokimliklar va tashkilotlar xabardor bo‘lishi lozim.
ManbaKun.uz