Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan «Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Ushbu hujjatda safarbarlikni tashkil etishning huquqiy asoslari va davlat organlarining vakolatlari, shuningdek, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni bronlashtirish tartibi yanada takomillashtirilgan. Hozirda loyiha Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
ManbaKun.uz